Ronald Kuman: Angliya Jahon chempionatida «Arsenal» uslubida o‘ynaydi
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kumanning fikricha, Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida «Arsenal»ning o‘yin uslubidan foydalanadi.
«Angliya terma jamoasining tarkibiga qarab, ular qanday o‘ynashini taxmin qilish mumkin. Ular burchak va autlarga tayanishadi. Issiq iqlim sharoitida bu eng kam energiya sarflaydigan uslubdir. «Arsenal» aynan shu yo‘l bilan chempion bo‘ldi. Agar burchak zarbalari bo‘lmaganida, ular bu muvaffaqiyatga erisha olishmasdi», — dedi Kuman.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.