Rodrining "Barselona"ga transferi klubga 210 mln yevrodan ziyodga tushishi mumkin
Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.
Ispaniya milliy jamoasi sardori Rodrining "Manchester Siti"dan "Barselona"ga o‘tishi kataloniyaliklarga jami 210 mln yevrodan ortiqqa tushishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" yarim himoyachiga 4-yillik shartnoma taklif qilgan. Unga ko‘ra, Rodri soliqlar to‘langanidan keyin har mavsum 15 mln yevro maosh oladi.
Ispaniyadagi soliq tizimi hisobga olinsa, futbolchining maoshi "Barselona"ga har yili taxminan 34 mln yevroga tushadi. Transfer uchun sarflanishi kutilayotgan 80 mln yevro, shuningdek agentlarga to‘lanadigan komissiyalar ham qo‘shilsa, bitimning umumiy qiymati 210 mln yevrodan oshib ketishi mumkin.
Avvalroq "Manchester Siti" "Barselona"ning Rodri bo‘yicha dastlabki ikki taklifini rad etgani xabar qilingan edi.
AS ta’kidlashicha, shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchilarni nisbatan arzon narxda sotib olish amaliyoti hozirgi transfer bozorida deyarli yo‘qolib bormoqda.
Bunday kelishuvlarning eng mashhur misollaridan biri sifatida Toni Kroosning "Bavariya"dan "Real"ga 20 mln yevro evaziga o‘tgan transferi keltirilgan.