Roberto Martines: "Ronalduning terma jamoaga chaqirilishi muhokama qilinmaydi"
Men shu vaqtgacha ertalabdan boshqacha kuch bilan mashg‘ulotlarni boshlaydigan futbolchi bilan ishlamaganman.
Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Ronaldu albatta Portugaliya terma jamoasiga chaqiruv oladi. Uning 41 yoshida ham terma jamoa safida bo‘lishi muhokama qilinmaydi. Men shu vaqtgacha ertalabdan boshqacha kuch bilan mashg‘ulotlarni boshlaydigan futbolchi bilan ishlamaganman. Ronaldu buyuk futbolchi", - dedi Martines.
Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya, Kongo DR va O‘zbekiston terma jamoalari bilan bahs olib boradi.