Rivojlanish quyi bo‘g‘indan boshlanadi
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Kosonsoy tumanida bunyodkorlik, hudud infratuzilmasini rivojlantirish va ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan o‘rganish davomida “Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini “yettiligi” bilan suhbatlashdi.
Muloqot davomida yig‘in Kengashi faoliyatini kuchaytirish, mahalla hududidagi ko‘chalarni obodonlashtirish, har bir mas’ulda javobgarlik va mas’uliyat hissini kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, mutasaddilar oldida turgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, viloyat hokimi tumanda turizmni rivojlantirish maqsadida “Obod” mavzesida joylashgan gidrouzel hududida barpo etilishi rejalashtirilgan ko‘ngilochar attraksionlar loyihasi taqdimoti bilan ham tanishdi.

Qiymati 4 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha mahalliy investorlar tomonidan ro‘yobga chiqarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hududning turistik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Viloyat hokimi loyihani amalga oshirishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslikga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA