RF VPN chekloviga rioya qilmagan IT-kompaniyalarni jazolaydi
Rossiyada IT-kompaniyalar uchun yangi talab joriy etilishi kutilyapti. Endi VPN orqali kirishni cheklamagan raqamli platforma davlat reyestridan chiqarilishi mumkin.
Qayd etilishcha, Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hukumat qarori loyihasida shunday tartib belgilangan. Demak, VPNni cheklamagan kompaniya IT-reyestrdan chiqariladi, shuningdek dasturini mamlakatda sotiladigan qurilmalarga majburiy o‘rnatish huquqidan mahrum qilinadi.
Hozir RF IT-kompaniya reyestriga qariyb 20 000 ga yaqin korxona kiritilgan. Bu maqom soliq va ipoteka bilan bog‘liq, shuningdek harbiy xizmatni kechiktirish kabi qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
D.Hakimov, O‘zA