Rektor yoshlar bilan uchrashdi (+video)
Fotima va Zuhra Rahmatovalar Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Konchilik fakultetining 4-kursida tahsil olishadi. Bu egizak qizlar 2020 yilda mazkur fakultetning Konchilik elektr mexanikasi yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan edi.
Puxta egallangan bilim, yillar davomida qilingan mehnat joriy yilda o‘z natijasini berdi. Yaqinda Fotima Rahmatova Beruniy nomli davlat stipendiyasini olishga erishgan bo‘lsa, Zuhra Rahmatova esa Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.
Albatta, bir oilaning ikki farzandi erishgan bu yutuq ular uchun katta muvaffaqiyat.
– 3 yil mobaynida turli tanlovlarda ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishdim, – deydi F. Rahmatova. – Bu yil xursandchiliklarim ikki karra bo‘ldi. Men Beruniy nomli davlat stipendiyasi, singlim Zuhra Rahmatova esa Islom Karimov nomidagi davlat stipendiya sohibasi bo‘ldi. Bu yutuq bizning emas, bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan ilmiy rahbarlarimiz va kafedramizdagi barcha ustozlarimiz mehnatidir. “Gidravlik ishchi suyuqliklarning ifloslanganlik darajasini aniqlash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bordim va buni kelgusida magistratura bosqichida davom ettirish niyatim bor.
Fotima va Zuhra Rahmatova singari talabalarning erishayotgan yutuqlari Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori Baxtiyor Mardanov bilan bo‘lib o‘tgan “Rektor va yoshlar” uchrashuvida alohida qayd etib o‘tildi.
[gallery-15144]
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasida 300 nafarga yaqin pedagog 9,5 ming nafar yosh mutaxassisga ta’lim berayotgan bo‘lsa, universitet huzuridagi Nukus konchilik instituti, Navoiy shahridagi akademik litsey va Zarafshon, G‘ozg‘on shaharlari hamda Uchquduq va Karmana tumanidagi texnikumlarda ham yuzlab ustozlar faoliyat yuritmoqda.
– Joriy yilda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti delegatsiyalari Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, Ispaniya kabi 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning dunyoning TOP universitetlari faoliyati bilan tanishib qaytishdi, – deydi universitet rektori B.Mardonov. – Mazkur tashriflar davomida talabalar va magistrlar akademik almashuvi hamda professor- o‘qituvchilarning stajirovkalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Eng muhimi, pedagogik jamoamiz safi tobora kengayib borayotgan ekan, ilmiy salohiyat ham ortayapti.
Albatta, universitet o‘qituvchilari bilan birga talaba -yoshlar ham qator yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda. Jumladan, Quvonchbek Bektamoshov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi, Muxlisa Hamroyeva Prezident stipendiyasi, Zuhra Rahmatova Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, Dilfuza Mansurova, Fotima Rahmatova, Nafisa Mohilovalar Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblari bo‘lishdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aE5UaZZyvHI" title="Rektor yoshlar bilan uchrashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>– 2023 yil men uchun juda omadli keldi, – deydi Konchilik fakulteti Noyob va radioaktiv metall rudalarni qazib olish va qayta ishlash texikasi va texnologiyalari yo‘nalishi 4-bosqich talabasi – Dilfuza Mansurova. – Chunki joriy yilda men Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldim. Katta maqsadlarimdan biriga erishdim. Endilikda men magistratura bosqichiga imtiyozli ravishda qabul qilinishim mumkin. Bu yutuqqa erishishim zamirida ustozlarimning ko‘magi, ota-onamning menga bo‘lgan ishonchi hamda katta mehnat, sabr yotibdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yutuq bilan to‘xtab qolmoqchi emasman. Kelgusida mana shu universitetning magistratura bosqichida ustozlarim bilan birgalikda ilmiy ishlarimni yanada kengaytirgan holda ustozlarimga munosib shogird bo‘lishga, o‘zim tanlagan soha bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishga harakat qilaman.
Uchrashuda faol va yutuqlarga erishayotgan bir guruh talabalar va ularning ota-onalariga minnatdorlik sifatida rektorning tashakkurnomasi topshirildi.
Tadbir davomida “Miss universitet” tanlovi g‘oliblari aniqlanib, taqdirlandilar.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat,video), O‘zA muxbirlari