Referendumga ovoz berish jarayoni davom etmoqda
Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan 13-refendum uchastkasida ham ovoz beruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
– Yangilanayotgan konstitutsimiz matni mutaxassislar tomonidan kabinetlarda o‘tirib yozilgan emas, – deydi Qarshi davlat universiteti professori Bahrom Qo‘yliyev. – Xalqimizning fikri va takliflari ikki yoqlama o‘rganilib konstitutsiya loyihasi tayyorlangan. Bu konstitutsiya tom ma’noda xalqning konstitutsiyasiga aylandi. Yangi konstitutsiya rivojlangan mamlakat, yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi ostida bizni jipslashtirib oldinga harakatlanishga undamoqda. Shuni aytmoqchimanki bugun hamma o‘zining funksional vazifasini bajaryapti. Fuqarolik burchini ado etib, referendumga kelib, yangilanayotgan konstitutsiyani ma’qullab ovoz bermoqda. Biz inson qadri ulug‘lanayotgan mamlakatda yashayapmiz. Buni har bir fuqaromizning chehrasida ko‘rishimiz mumkin. Xalqimizning farovonligi ortib borishiga, jonajon vatanimizning tinchligiga ko‘z tegmasin. Hammamiz burchimizni his etib, ushbu jarayonda faol ishtirok etamiz.
[gallery-11651]
Ma’lumot o‘rnida ushbu uchastkadan Qarshi shahridagi “Mahallot” va “Alisher Navoiy” mahallalarida istiqomat qiluvchi 2 ming 183 nafar fuqaro ovoz beradi. Ularning 765 nafari ilk marta ovoz berayotgan bo‘lsa 50 nafari muddatidan oldin ovoz bergan.
O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.