«Real» Rodri bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi
Manbaga ko‘ra, bunga «RB Leypsig» hujumchisi Yan Diomand transferining hali yakunlanmagani sabab bo‘lgan.
Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bunga «RB Leypsig» hujumchisi Yan Diomand transferining hali yakunlanmagani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Hozirda «Real» uchun asosiy vazifa transferni imkon qadar tezroq yakunlab, Diomandni hafta oxirigacha bosh murabbiy Joze Mourinyu qo‘l ostidagi mashg‘ulotlarga qo‘shish hisoblanadi.
Avvaliga Diomand transferi hafta boshida rasman yakunlanishi kutilgandi. Biroq klublar o‘rtasidagi ayrim kelishmovchiliklar sabab jarayon cho‘zilib ketdi. Shu tufayli payshanba kuniga rejalashtirilgan Rodri bo‘yicha muzokaralar ham ortga surildi.
Shunga qaramay, «Real»ning Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish borasidagi rejasi o‘zgarmagani aytilmoqda.