«Real» Rodri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
Bu haqda insayder Serxio Valentin maʼlum qildi.
Ispaniyaning «Real» klubi Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi yarim himoyachisi Rodri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda insayder Serxio Valentin maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, Madrid klubi 2024-yilgi «Oltin toʻp» sohibini oʻz safiga qoʻshib olish niyatidan voz kechgani yoʻq. «Qirollik klubi» ispan yarim himoyachisining transferi uchun 80 million yevro toʻlashga tayyorligini bildirgan.
Qayd etilishicha, Rodrining oʻzi ham faoliyatini «Real Madrid»da davom ettirish istagini bildirgan hamda «Manchester Siti» rahbariyati tomonidan taklif etilgan yangi shartnomani imzolashni rad etgan.