«Real» Martin Subimendini transfer qilishga yashil chiroq oldi
«Arsenal» 27 yoshli futbolchini yaxshi taklif kelib tushgan taqdirda sotishga tayyor.
Madridning «Real» klubi tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda. Mundo Deportivo nashri TeamTalk manbasiga tayanib xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Martin Subimendini transfer qilishga klub rahbariyatiga rozilik bergan.
Qayd etilishicha, «Arsenal» 27 yoshli futbolchini yaxshi taklif kelib tushgan taqdirda sotishga tayyor.
Subimendi «Arsenal» safida barcha turnirlarda 58 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt mutaxassislari ispaniyalik futbolchining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Subimendi joriy yozda Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi.