"Real" birinchi o‘yinda PSJga mag‘lub bo‘ldi
Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" futbol klubi Ispaniyaning "Real" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Kecha Parijdagi "Park-de-Prens" stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv Chempionlar ligasining sakkizdan bir musobaqalari doirasida tashkil etilgan.
Uchrashuvda yagona golni o‘yinning ikkinchi yarmiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Kilian Mbappe kiritgan. 61chi daqiqada PSJ hujumchisi Lionel Messi 11 metrlik jarima to‘pini kirita olmadi. Endi jamoalar 9 mart kuni Madridda uchrashadi. Ushbu javob o‘yinida chempionatda kim qolish masalasi hal bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: PSJ hech qachon Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lmagan. Klubning ushbu musobaqalardagi eng yaxshi ko‘rsatkichi 2020 yilda finalga chiqishi bo‘ldi. O‘shanda fransuzlar Germaniyaning "Bavariya" jamoasiga (0:1) yutqazib qo‘ygandi. "Real" esa Yevropa chempionlari kubogi va Chempionlar ligasi musobaqalarida (13 ta sovrin) rekordchi hisoblanadi. Ispaniya jamoasi so‘nggi muvaffaqiyatini 2018 yilda qo‘lga kiritgan edi.
PSJ va "Real" Chempionlar ligasi o‘yinlarida o‘zaro 12 ta uchrashuvni o‘tkazgan. Ushbu to‘qnashuvlarning beshtasida fransuzlar, to‘rttasida ispanlar g‘alaba qilgan, uchtasi durang bilan yakunlangan.
Chempionlar ligasining bu galgi finali 28 may kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.