Ravshan Ermatov Fabio Kannavaro kelajagi borasida ma'lumot berdi
Ermatovning taʼkidlashicha, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro va OʻFA oʻrtasidagi amaldagi kelishuv 2027-yilning oktyabr oyiga qadar amal qiladi. Shu bois, murabbiyning isteʼfosi haqidagi gap-soʻzlar hech qanday asosga ega emas.
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning lavozimidan ketishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqaldi. Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov rasmiy bayonot berdi.
Ermatovning taʼkidlashicha, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro va OʻFA oʻrtasidagi amaldagi kelishuv 2027-yilning oktyabr oyiga qadar amal qiladi. Shu bois, murabbiyning isteʼfosi haqidagi gap-soʻzlar hech qanday asosga ega emas.
"Jahon chempionati yakunlangach, tahlilchilar guruhi tomonidan terma jamoaning ishtiroki atroflicha oʻrganib chiqildi. Ayni paytda murabbiylar shtabining qisqa muddatli taʼtili yakuniga yetmoqda. Shu yilning iyul oyi oxiridan boshlab jamoa aʼzolarini saralab olish (selektsiya) va navbatdagi muhim turnir — Osiyo Kubogiga tayyorgarlik koʻrish jarayonlarining yangi bosqichiga start beriladi", — deya maʼlum qildi OʻFA rasmiysi.