Rasuli akram mo‘’jizalari “Sahihul Buxoriy”da...
IMILLAGAN BO‘RANING YO‘RG‘ALAB KETISHI
(III) 2309. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan bir safarda edim. Men imillagan bo‘rada edim. U faqat qavmning oxirida borardi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam mening oldimdan o‘tib qolib, “Kim bu?” dedilar. “Jobir ibn Abdulloh”, dedim. “Senga nima bo‘ldi?” dedilar. “Men imillagan bo‘radaman-da”, dedim. “Yoningda tayoq bormi?” dedilar. “Ha”, dedim. “Uni menga ber”, dedilar. Uni bergan edim, anavini urib, po‘pisa qildilar. Shundan boshlab u qavmning oldiga o‘tib oldi.»
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi