Rasman: «Navbahor»dan ketgan Abdullayev «Neftchi»ga o'tdi
Abdullayev tayanch yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadi va faoliyati davomida O‘zbekiston Superligasining qator klublari sharafini himoya qilgan.
«Neftchi» yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida navbatdagi transferni rasman e’lon qildi.
Farg‘ona klubi O‘zbekiston Milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abdulla Abdullayev bilan shartnoma imzoladi.
Abdullayev tayanch yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadi va faoliyati davomida O‘zbekiston Superligasining qator klublari sharafini himoya qilgan. U milliy terma jamoa tarkibida ham maydonga tushib kelmoqda.
Futbolchi yangi mavsumni «Navbahor» safida boshlagandi. Biroq 10-avgust kuni Namangan klubi bilan shartnomasini bekor qildi va ko‘p o‘tmay «Neftchi» bilan kelishuvga erishdi.
Farg‘ona klubi Abdullayevning tajribasi va yarim himoyadagi ko‘p qirrali o‘yini jamoaning mavsumning ikkinchi qismidagi vazifalarini bajarishda muhim ahamiyat kasb etishiga umid qilmoqda.