Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik
Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda ŞHTga aʼzo davlatlar bilan birga, kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik maqomidagi mamlakatlar – 24 davlat maxsus xizmatlarining rahbarlari hamda vakillari, 5 ta xalqaro taşkilot masʼullari, nufuzli mehmonlar iştirok etdi.

Qayd etiş lozim, mazkur formatni yölga qöyiş taşabbusi ilk bor Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yilda ŞHTning Ostona şahridagi sammitida bildirilgan edi. 2025-yilda Tyanszinda bölib ötgan Taşkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşi yiğilişida birinçi ekspertlar muloqotini Samarqandda ötkaziş taklifi ilgari surilgandi.
Şu tariqa 5-6-noyabr kunlari qadimiy va hamişa navqiron kentda “Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş” mavzusida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti ötkazildi.
Uçraşuv avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning xalqaro muloqot qatnaşçilariga murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V. Mahmudov öqib eşittirdi.

Davlatimiz rahbari murojaatida hozirgi kunda geosiyosiy keskinlikning kuçayişi, qarama-qarşiliklarning çuqurlaşişi va qurolli mojarolarning avj olişi, dunyodagi vaziyatning asosiy xususiyatlari bölib qolayotgani qayd etilgan. Bunday şaroitda axborot xavfsizligini taʼminlaş, muhim infratuzilmalarni himoya qiliş va davlatning buzğunçi taʼsirlarning yangiça şakllariga nisbatan barqarorligi masalalari yanada dolzarb bölib bormoqda. Taʼkidlanganidek, bugun heç bir davlat çegara bilmaydigan tahdidlarga yakka özi töliq qarşi tura olmaydi. Bu esa, tabiiy ravişda, xalqaro hamkorlik, özaro işonç va birgalikda iş olib borişning amaliy mexanizmlariga bölgan talabni kuçaytiradi.
Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B.Qurbonov raisligida ötkazilgan uçraşuvda xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlari va xalqaro taşkilotlar vakillari öz fikrlarini bildirdilar.
Dastlab, mamlakatimiz Xavfsizlik xizmati rahbari iştirokçilar eʼtiborini terrorçilik va ekstremistik taşkilotlar öz mafkurasini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş, teraktlarni moliyalaştiriş, ularga tayyorgarlik köriş hamda amalga oşirişda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayotganiga qaratdi. Şuningdek, raqamli transformatsiya davrida xavfsizlikni taʼminlaş böyiça ustuvor yönalişlarga töxtaldi.
Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi Nurlan Yermekbayev öz sözida uşbu forumning ötkazilişiga oid taşabbusni ilgari surgani uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Taʼkidlanganidek, bunday formatdagi hamkorlik keng kölamli inklyuziv xalqaro şeriklikni şakllantirişga xizmat qiladi.

ŞHT Boş kotibi 2026-yil sentabr boşida bölib ötgan ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining Bişkek sammitida qabul qilingan muhim qarorlarga alohida töxtaldi. Jumladan, uşbu sammitda ŞHTga aʼzo davlatlarning xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça Universal markaz hamda ŞHT Narkotiklarga qarşi kuraşiş markazi Ijroiya qömitasi töğrisidagi nizomlar tasdiqlangan edi. Şuningdek, 2030-yilgaça möljallangan giyohvandlikka, sintetik narkotiklar va ularning prekursorlari tarqalişiga qarşi kuraşiş böyiça dasturlar qabul qilindi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi örinbosari vazifasini bajaruvçi, BMT Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi rahbari Aleksandr Zuyev uşbu formatdagi muloqot nafaqat ŞHTga aʼzo yoki unda kuzatuvçi davlatlar, balki boşqa iştirokçilar uçun ham yangi tahdidlarni baholaş borasida tajriba almaşiş, milliy salohiyatni mustahkamlaş va barqaror professional tarmoqlarni yaratişga xizmat qiluvçi amaliy hamkorlik yönalişlarini belgilab olişga xizmat qilişini taʼkidladi.
– Özbekiston Respublikasi va uning rahbariyati tomonidan xalqaro xavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş borasidagi işlar eʼtiborga sazovor, – deydi Aleksandr Zuyev. – Bu haqda gapirganda, men Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2025-yilda BMT Boş assambleyasining 80- sessiyasida ilgari surgan, bevosita, men rahbarlik qilayotgan boşqarma bilan boğliq muhim ikki taşabbusini alohida qayd etişni istardim. Jumladan, Prezident janoblari Özbekistonda BMT Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasining mintaqaviy ofisini oçiş taklifini bildirgan edi. Biz bu taşabbusni töla qöllab-quvvatlaymiz va buning uçun yordam berişga doim tayyormiz. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan taşabbus asosida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus ekspertlar muloqoti taşkil etilişi ham bugun juda dolzarb deb öylayman. Muloqotning faqat ŞHT davlatlari bilan çeklanmay, unga boşqa mamlakatlar maxsus xizmatlari, boşqa xalqaro taşkilotlar ham jalb etilgani global xavf va tahdidlarga qarşi kuraşişda birgalikda harakat qiliş, kuçlarni birlaştiriş muhimligini namoyon etadi.
[gallery-32383]]
Uçraşuv plenar majlis şaklida öz işini davom ettirdi. Unda milliy tajribalarni örganiş, samarali hamkorlik mexanizmlarini joriy etiş, raqamli makonda terrorçilik faoliyatiga çek qöyiş, ekstremizm va radikalizm ğoyalarini tarqalişining oldini olişga qaratilgan taʼsirçan vositalarni şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Iştirokçilar “ŞHT plyus” formatining ekspertlik yondaşuvlarini yaqinlaştiriş, amaliy tajriba almaşiş va xavfsizlik masalalari böyiça tavsiyalar işlab çiqişda oçiq maydon sifatidagi salohiyatini qayd etdi.
Delegatsiyalar rahbarlari birinçi muloqot yakunlari böyiça qöşma kommyunike qabul qildilar. Hujjatda yangi texnologiyalarning terrorçilik tahdidlariga taʼsiri yuzasidan tadqiqotlar ötkaziş, samarali profilaktika tajribalari şarhlarini tayyorlaş, şuningdek, muayyan mavzularga bağişlangan seminarlar va malaka oşiriş dasturlarini işlab çiqiş taklif etildi.
Ğolib Hasanov, Alişer Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari