Rahmon bobo 102- Navro‘z bayramini nishonlaydi
Navro‘z bayrami munosabati bilan Samarqand viloyati, tuman va shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylaridan hol so‘ralib, ularga bayram sovg‘alari topshirilmoqda.
Nurobod tumani sektor rahbarlari va faollar Tepaqul mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rahmon bobo Abilov xonadonida bo‘lib, otaxon va uning oila a’zolarini bayram bilan tabrikladi.

Bu yil 102-marta Navro‘zni nishonlayotgan Rahmon bobo boshidan o‘tgan sinovli kunlar, mustabid tuzum davrida ushbu bayramni o‘tkazishga taqiqlar qo‘yilgan bo‘lsa-da nurobodliklar bu sanani yilboshi sifatida qir-adirlarda nishonlab kelganliklarini gapirib berdi. bugungi kunlarga shukrona aytdi.
Tuman hokimi Sh.Yo‘ldoshev Rahmon boboga hokimlikning sovg‘alarini topshirdi. Otaxon bilan dildan suhbatlashib, u kishining fikrlarini eshitdi.
G‘.HASANOV, O‘zA