Rag‘bat izlanishga undaydi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi 164 gektar umumiy yer maydoniga ega. Keyingi uch yilda xo‘jalikning paxta va g‘alladan yalpi daromadi 1 milliard 206 million, sof foydasi 630 million so‘mni tashkil etdi.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi 164 gektar umumiy yer maydoniga ega. Keyingi uch yilda xo‘jalikning paxta va g‘alladan yalpi daromadi 1 milliard 206 million, sof foydasi 630 million so‘mni tashkil etdi. Daromad hisobidan xo‘jalik a’zolari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanib, turli xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
37 nafar kishi doimiy va 70 nafardan ziyod kishi mavsumiy ish bilan ta’minlangan xo‘jalikda qoramol, qo‘y, tuya, yilqi, asalari parvarishi ham yo‘lga qo‘yilgan.
- Prezidentimiz farmoniga muvofiq, 2010-yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganim kamtarona mehnatlarimga berilgan yuksak baho, deb bilaman, - deydi xo‘jalik rahbari Yo‘ldosh Shoymonov. - Bunday e’tibor bizni yanada izlanishga undaydi.