RADOCA rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va dopingga qarshi kurash sohasida tajriba almashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Kuni kecha poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) direktori Venera Abdulla boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutasaddilari va mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda dopingga qarshi kurash sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sodiqov va soha mutaxassislari ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz sport terma jamoalari, alohida sportchilar bilan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Uchrashuv jarayonida shuningdek, WADA audit guruhi tomonidan ilgari surilgan vazifalar ijrosi, 2027-yilda kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Butunjahon antidoping kodeksi talabalarini milliy qonunchilikka moslashtirish masalalari borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar tahlil etildi.
Suhbat yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish va belgilangan rejalarni izchil amalga oshirish muhimligini qayd etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA