Radjabov Bunyod Baxodir o‘g‘lining yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid faoliyatini takomillashtirish” mavzusida
Radjabov Bunyod Baxodir o‘g‘lining 12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 7 iyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100211, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qo‘rg‘oni. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Tel.: (99871) 230-32-71;
e-mail: jxu@email.uz