Quvayt Ukrainaga yordam beradi
Quvayt hukumati Ukraina ehtiyoji uchun elektr generatori sotib olishga million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi spikeri Oleg Nikolenko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
U TIV rahbari Dmitriy Kulebaning Quvaytga tashrifi chog‘ida mamlakatga yordam ko‘rsatish mavzusi muhokama qilinganini aytib o‘tdi.
Ushbu arab mamlakati Ukrainani tiklashga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Nikolenkoning so‘zlariga ko‘ra, Quvayt bilan “Ukraina davlati, biznesi va fuqarolari uchun yangi imkoniyat yaratadigan” yana bir qator kelishuvlarga ham erishilgan.
Vazirlik Fors ko‘rfazining boshqa arab davlatlari bilan ham aloqani faollashtirish rejalashtirilganini qayd etgan.