Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Halimjon Umarov Quva tumani hokimi etib tasdiqlandi.
U shu paytga qadar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
H.Umarov 1967 yilda tug‘ilgan. 2006-2018-yillar Toshloq, 2018-2019 yillar Quva tumani hokimi bo‘lgan.
M.Sulaymonov,O‘zA