Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli Termizda
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi San’at saroyida Mudofaa vazirligi, Termiz shahar harbiy prokuraturasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida otaliqqa olingan yoshlar uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli ishtirokida konsert dasturi o‘tkazildi.
[gallery-19299]
Harbiy san’atkorlar viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 1-sektordagi otaliqqa olingan yoshlar uchun ona Vatan, tinchlik, sadoqat, mehr-muhabbat va jasoratni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar ijro etib, ular qalbiga iliqlik ulashdi.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/7ZBO1XiwDZo" title="Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli Termizda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Bu kabi tadbirlar ertamiz egalarining kamoloti, ular qalbida ona Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini yanada rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda musiqa, madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishni shakllanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar