Qurilish binosiga samolyot quladi
Kolumbiyaning Popayan shahri tumanlaridan birida yengil dvigatelli samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deyiladi "El Tiempo" nashri xabarida.
Kolumbiyaning Popayan shahri tumanlaridan birida yengil dvigatelli samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deyiladi "El Tiempo" nashri xabarida.
Unda hammasi bo‘lib, 9 kishi bo‘lgan, jarohatlangan ikki kishi shifoxonaga yetkazilgan. Samolyotning halokatiga undagi nosozlik sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Samolyot qurilish binosiga qulagan, hukumat xodimlari tafsilotlarga aniqlik kiritish uchun hodisa joyida yetib borgan.