Qudratova Sitora Olim qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“AQSH regional hikoyachiligida ayol va jamiyat munosabatlari badiiy ifodasi (M.Frimen va Yu.Uelti ijodi misolida)” mavzusida
Qudratova Sitora Olim qizining 10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “AQSH regional hikoyachiligida ayol va jamiyat munosabatlari badiiy ifodasi (M.Frimen va Yu.Uelti ijodi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan doktorlik dissertatsiya ishi himoyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 9-noyabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200118, Buxoro shahri, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy. Buxoro davlat universiteti.
Tel.: (0 365) 221-29-14; faks: (0 365) 221-57-27
e-mail: buxdu_rektor@buxdu.uz