Qozog‘iston turnirida Sport akademiyasi talabasi chempionlikka erishdi
Olmaota viloyati Talgar shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha taniqli polvon Esenjol Alimanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchi sovrindor bo‘ldi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning 250 nafardan ziyod yosh yunon-rum kurashi ustalari qatnashgan musobaqada O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabasi Behruzbek Valiyev -77 kilogramm vazn toifasining saralash musobaqalarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Yarim final va final bellashuvida qozog‘istonlik kurashchilarni mag‘lub etib, xalqaro turnirning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA