Qozog‘iston SSV maymun chechagi mamlakatga olib kirilishi xavfini istisno qilmadi
Rossiyada maymun chechagi holati kuzatilgani haqidagi xabarlar asnosida Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu infeksiyaning mamlakatga olib kirilishi ehtimoli istisno qilinmagan. Binobarin, patogenning yuqish xususiyati inobatga olingan holda, mamlakat aholisi orasida maymun chechagi keng tarqalishi xavfi past baholanishi ta’kidlangan.
Shuningdek, idora zararkunanda kirib kelishi va tarqalishining oldini olish uchun qator sanitariya, profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilayotganiga urg‘u bergan.
Ma’lumki, yaqinda Sankt-Peterburgda besh kishi maymun chechagi gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan. “Rospotrebnadzor” mutaxassislari darhol sanitariya-epidemiologiya tekshiruvini boshlagan.

Avvalroq Moskva viloyatida ushbu xastalikka uchragani ehtimoli mavjud bemor bilan aloqada bo‘lgan besh kishi shifoxonaga yotqizilgan edi.
Maymun chechagi – kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, bevosita jismoniy aloqa va havo orqali o‘tadi. Aniqrog‘i, yuqish holati bemor boshqa odamning yuziga qarata havo chiqarganda yoki unga yaqinlashganda kuzatiladi.
S.Rahimov, O‘zA