Qo‘shma Shtatlar 2276-yilda ochilishi kerak bo‘lgan vaqt kapsulasini muhrladi
AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi imzolanganining 250 yilligi uchun yaratilgan rasmiy milliy vaqt kapsulasini muhrladi, deb xabar bermoqda “Fox News” nashri.
Ta’kidlanishicha, maxsus kapsula 4-iyul kuni Filadelfiyada yer ostiga ko‘milib, roppa-rosa 250 yildan keyin - 2276-yilda ochiladi. Kapsula barcha 50 shtatdan kelgan buyumlarni, shuningdek, hukumatning uchta tarmog‘i vakillarining xatlarini o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy artefaktlar orasida “iPhone 17 Pro Max”, esdalik tangalari, san’at asarlari va 21 asrning mamlakatdagi hayotini aks ettiruvchi boshqa buyumlar bor.
S.Rahimov, O‘zA