Qöqonda zamonaviy ortopediya markazi iş boşladi
Bugun Özbekiston soğliqni saqlaş tizimida xususiy tibbiyotning örni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Aholiga ixtisoslaştirilgan, yuqori texnologik tibbiy xizmatlar körsatiş, murakkab jarrohlik amaliyotlarini mamlakatning özida bajariş imkoniyatlarini kengaytiriş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Qöqon şahrida xususiy travmatologiya va ortopediya markazining oçilişi ham ana şu jarayonning muhim voqealaridan biri böldi.
– Uşbu markaz nafaqat Farğona vodiysi, balki mamlakatimizda zamonaviy xususiy tibbiyotni rivojlantiriş, aholiga yuqori malakali ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş yölidagi yangi taşabbus sifatida eʼtiborga molikdir, – dedi Qöqon şahar hokimi Maʼrufjon Usmonov. – Qöqonda yangi travmatologiya va ortopediya markazining oçilişiga faqat navbatdagi tibbiyot muassasasining iş boşlaşi sifatida qaramaslik kerak. Bu, avvalo, hududda ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar bozori şakllanayotgani, xususiy sektorning soğliqni saqlaş tizimidagi iştiroki kengayayotganidan dalolat beradi.

Bugungi ortopediya oddiy suyak sinişlarini davolaş yoki jarohat oqibatlarini bartaraf etiş bilan çeklanmaydi. Bu soha insonning harakatlaniş qobiliyatini tiklaş, böğimlar faoliyatini yaxşilaş, surunkali oğriqlardan xalos etiş va hayot sifatini oşirişga qaratilgan murakkab tibbiy yönalişga aylangan.
Markazda ortopediyaning eng murakkab yönalişlaridan biri bölgan böğimlarni endoprotezlaş amaliyotlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, tizza, son-çanoq va yelka böğimlarini töliq yoki qisman almaştiriş kabi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda.
– Avval markaz 20 öringa möljallangan bölib, 20 nafar mutaxassis işlar edi. Hozir 70 ta bemor örni taşkil etildi va ularga endi 60 nafar tibbiyot mutaxassislari xizmat körsatadi, – deydi “Qöqon ortoservis” xususiy klinikasi boş şifokori Salohiddin Aslonbekov. – Unga 7 milliard sömdan ortiq investitsiya kiritdik. Bundan taşqari, bu yerda hindistonlik mutaxassislar ham hamkorlikda işlaşadi. Ilgari murakkab ortopedik operatsiyalar uçun bemorlar xorijiy klinikalarga murojaat qilişgan. Bugun esa mamlakatimizda ham xalqaro tajribaga ega mutaxassislar va zamonaviy tibbiy texnologiyalar asosida şunday amaliyotlarni bajariş imkoniyatlari kengaymoqda.
Markaz faoliyatining eng muhim jihatlaridan biri ortopediya va travmatologiya sohasida katta bilim va amaliy tajribaga ega bölgan iqtidorli jarrohlarning bir joyga jamlanganidir.

Ularning ayrimlari Italiya, Polşa, Amerika va boşqa xorijiy mamlakatlarda malaka oşirib, zamonaviy ortopediyaning ilğor usullarini özlaştirgan. Xalqaro tajriba, zamonaviy tibbiy texnologiyalar va mahalliy mutaxassislarning kasbiy salohiyati birlaşişi markazning asosiy ustunliklaridan biridir.
– Bir oy davomida Amerikaning ixtisoslaşgan yetakçi klinikasida malaka oşirib qaytdim. Natijada tizza, yelka va tirsak böğinlariga endoprotez qöyiş tajribasiga ega böldim. Endi bemorlarda bu kabi jarrohlik amaliyotlarini şu yerda ötkaziş imkoni yaratildi. Şuningdek, davlat suğurtasi asosida bepul jarrohlik amaliyotini ham bajarib kelmoqdamiz. Masalan, çanoq-son böğini, tizza böğinidagi 3-4 darajali köksoarteroz bilan kasallangan bemorlarni suğurta asosida operatsiya qildik. Bir bemorning son suyagini yaxlitligiça almaştirdik, yaʼni Hindistonda protezni yasatib örnatdik. Bu işlar ham suğurta asosida amalga oşirildi, – dedi Salohiddin Aslonbekov.
Qöqonda xususiy travmatologiya va ortopediya markazining iş boşlaşi Farğona vodiysi tibbiyotidagi muhim yangilikdir. Xalqaro tajribaga ega jarrohlar, yuqori texnologiyali operatsiyalar va zamonaviy tibbiy yondaşuvlar uyğunligi kelgusida köplab insonlarning salomatligini tiklaşga xizmat qilişi şubhasiz.
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov. ÖzA muxbirlari