Qonun talablari va inson huquqlari (+video)
Xabaringiz bor, Yangilangan Konstitutsiyada “Xabeas korpus” instituti ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida shaxsni 48 soatdan ortiq sudning qarorisiz ushlab turish mumkin emasligi, telefon so‘zlashuvlarini eshitishga va tintuv o‘tkazishga faqat sud ruxsat bersagina amalga oshirilishi mumkinligi belgilandi.
Shu bilan birga, “Miranda” qoidalari Konstitutsiya darajasida belgilanib, insonni nohaq jinoiy ta’qibdan, ayrim tergov organlarining noqonuniy hatti xarakatlaridan himoya qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/75ZNX6MSwMA?si=bcQBd5Pk-v60XLcc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Inson huquqlarini himoya qilishda advokatlarning rolini oshirish, ularning prokurorlar bilan teng tortishuvchanlik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan ya’ni Konstitutsiyamizga advokaturaga bag‘ishlangan yangi bob kiritilgan.
Xulosa qilib aytganda, yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilangan. Bu o‘ta muhim mezon, O‘zbekiston Prezidenti uqtirganidek, “davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘ladi”.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA