Qo‘shma korxonaning raqobatbardosh mahsulotlari
“Broaband solutions” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi Jizzax viloyatidagi salohiyatli sanoat subyektlaridan biri bo‘lib, optik tolali telekommunikatsiya qurilmalarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
“Broaband solutions” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi Jizzax viloyatidagi salohiyatli sanoat subyektlaridan biri bo‘lib, optik tolali telekommunikatsiya qurilmalarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
Korxona direktori Irismat Fayzullayevning aytishicha, bu yerda 4 portli Wi-Fi modemlari, aholi punktlari hamda tashkilotlarga televideniye, aloqa va internet xizmatlari ko‘rsatuvchi kichik stansiyalar ishlab chiqarilmoqda. Korxona yiliga import o‘rnini bosuvchi 24 ming 200 dona OLT, ONT, MXU va boshqa GPON tarmog‘i telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yigirmaga yaqin ishchi mehnat qilayotgan korxona tomonidan MDH davlatlari bilan o‘zaro manfaatli kelishuv olib borilmoqda va yaqin kunlarda raqobatbardosh mahsulotlar eksportga chiqariladi.