Qizlar uchun bepul IT-kurslar ochildi
Toshkent shahridagi Amiti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikuatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida xotin-qizlar uchun Web fullstack bo‘yicha bepul o‘quv kursi tashkil etildi.
Undan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekiston xotin-qizlarining AKT sohasidagi salohiyatini oshirish, ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berish. O‘quv kursi mobil va veb-dasturlash asoslarini o‘qitishga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar Toshkent shahridagi Amiti universitetida har kuni soat 18:00 dan 20:00 gacha offlayn-rejimda bo‘lib o‘tadi.
O‘qish davomida tinglovchilarga qo‘shimcha o‘quv materiallari taqdim etiladi. Bundan tashqari, ular uchun maxsus trenginglar va mahorat darslari ham o‘tkaziladi. Kurslarga 15 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan va IELTS 7+ sertifikatiga ega bo‘lgan hamda shaxsiy noutbuki bo‘lgan xotin-qizlar yozilishi mumkin.
Loyihada qatnashish uchun joriy yilning 21 martigacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Roman BONDARCHUK, O‘zA