“Qizilqum ovozi – 2026”
Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy kon-metallurgiya kombinati ma’muriyati va kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan kombinat madaniyat muassasalarining yosh ijrochilari ishtirokida “Qizilqum ovozi – 2026” XV estrada qo‘shiqchiligi ko‘rik-tanlovining 1-turi o‘tkazildi.
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Avaz Rajabov boshchiligidagi san’at va madaniyat sohasining taniqli namoyandalaridan iborat nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, o‘zbek estrada san’atining retro xit qo‘shiqlarini ijro etdi.


Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Farhod” madaniyat saroyi xonandasi Zuhra Sattorova, 2-o‘rinni “Uchquduq” madaniyat saroyi xonandasi Gulshan Jo‘raqulova, 3-o‘rinni esa “Nurobod” madaniyat saroyi xonandasi Shahzod Eshnayev va “Farhod” madaniyat saroyiga qarashli “Navro‘z” klubi vakili Baxtiyor Hamroyev egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri