Qisqa xabarlar (+video)
Davlatimiz rahbari Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan bordi, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 6 oyda 41 milliard dollarga yetdi, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni rivojlantiradi... Shuningdek, Yurtimiz sportiga oid yangiliklar bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keldi. Cho‘lponota shahridagi “Issiqko‘l” xalqaro aeroportida ularni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.
- O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini izchil kengaytirib, jahon bozorlaridagi faolligini oshirmoqda. Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida mamlakat tashqi savdo aylanmasi 41 milliard AQSH dollariga yetdi.
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahmon Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WaI4lNQUDJQ" title="30 iyul: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev, O‘zA