"Qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş" loyihasi natijalari sarhisob qilindi
Toşkentda qişloq taraqqiyoti böyiça erişilgan natijalar, tajriba almaşiş va loyihalarni davlat dasturlari bilan uyğunlaştiriş masalalariga bağişlangan konferensiya bölib ötdi.
Unda davlat idoralari, xalqaro moliya institutlari, rivojlaniş böyiça hamkorlar, fuqarolik jamiyati vakillari hamda loyiha amalga oşirilayotgan hududlardan mahalla vakillari iştirok etdi.
Anjuman oçilişida iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Xurşed Mustafoyev, Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça direktori Naji Benxassin va boşqalar qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş, aholi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va mahalliy ehtiyojlarni inobatga oliş muhimligini taʼkidladi.
Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Jahon banki guruhi hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda amalga oşirilgan "Qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş" loyihasining birinçi bosqiçi natijalari sarhisob qilinib, ikkinçi bosqiç vazifalari muhokama etildi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Xurşed Mustafoyev qişloq infratuzilmasini rivojlantirişda mahalliy aholining ehtiyojlari va taşabbuslarini inobatga oliş muhimligini qayd etdi.
– Qişloq infratuzilmasini rivojlantirişda mahalliy aholining ehtiyojlari va taşabbuslarini inobatga oliş muhim ahamiyatga ega. Birinçi bosqiçda amalga oşirilgan işlar mahallalardagi ustuvor muammolarni aniqlaş, ularni hal etişda aholi iştirokini taʼminlaş va infratuzilma obʼektlari sifatini jamoatçilik nazorati orqali oşiriş imkonini berdi. Endi uşbu tajribani kengaytirib, qişloqlarda iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş va aholi daromadlarini oşirişga xizmat qiladigan taşabbuslarni ham qöllab-quvvatlaş zarur, – dedi u.
Tadbirda taʼkidlanganidek, Özbekiston aholisining qariyb yarmi qişloq joylarda istiqomat qiladi. Şu bois bu hududlarda yöl, suv, elektr taʼminoti va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş dolzarb ahamiyatga ega. 2019-2026-yillarga möljallangan loyihaning birinçi bosqiçi Jahon banki tarkibidagi Xalqaro taraqqiyot uyuşmasining 100 million dollari hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining 82 million dollari hisobidan moliyalaştirildi. Mazkur mablağlar Andijon, Farğona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi 306 ta mahallada 900 dan ortiq kiçik infratuzilma loyihasini amalga oşirişga yönaltirildi.
[gallery-32347]
Jumladan, yöllar, elektr va suv taʼminoti tarmoqlari qurildi hamda modernizatsiya qilindi. Şuningdek, maktablar, maktabgaça taʼlim taşkilotlari va köpriklar barpo etildi yoki taʼmirlandi. Natijada qariyb 1 million nafar qişloq aholisi uşbu işlardan bevosita manfaat kördi. Ularning taxminan yarmini ayollar taşkil etadi.
Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça direktori Naji Benxassin loyihada aholi iştirokini taʼminlaşga asoslangan yondaşuvning ahamiyatiga töxtaldi.
– Qişloq hududlarini rivojlantirişda infratuzilmaga investitsiya kiritiş bilan birga, mahalliy jamoalarning qarorlar qabul qiliş jarayonidagi iştirokini taʼminlaş ham muhimdir. Loyiha aholining öz ehtiyojlarini belgilaşi va ustuvor taşabbuslarni amalga oşirişda bevosita qatnaşişiga asoslangan yondaşuvning amaliy ahamiyatini körsatdi. Uşbu tajribani ikkinçi bosqiçda yanada rivojlantiriş qişloq aholisi uçun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi, – dedi Naji Benxassin.
Şuningdek, loyihaning ikkinçi bosqiçi taqdim etildi. Uning umumiy byudjeti 320 million dollar bölib, mablağlar Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va Özbekiston hukumati hissasi hisobidan şakllantiriladi.
Qayd etilgani kabi dastur Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Andijon, Farğona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatlaridagi 296 ta mahallada amalga oşirilyapti. 2031-yilga qadar qariyb 1,2 million nafar aholini, jumladan, 600 ming ayol va 300 ming yoşni qamrab oliş közda tutilgan.
Anjumanda qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar sarhisob qilinib, loyihaning ikkinçi bosqiçidagi ustuvor vazifalar belgilandi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA