Qiş mavsumiga tayyorgarlik körilmoqda
Sovuq kunlarda aholini uzluksiz yoqilği mahsulotlari bilan taʼminlaş, ayniqsa, hududlarning öziga xos şaroitidan kelib çiqib, zarur çora-tadbirlarni amalga oşiriş muhim ahamiyatga ega. Bu borada Bekobod şahrining anklav hududida joylaşgan mahallalarda ham tizimli işlar olib borilmoqda.
Xususan, şahar hokimligi taşabbusi bilan A.Jomiy va Bunyodkor mahallalarida istiqomat qiluvçi aholi xonadonlariga kuz-qiş mavsumida foydalaniş uçun kömir yetkazib berildi. Bugungi kunda mazkur ikki mahallada jami 2 ming 300 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Xonadonlar soni esa 269 tani taşkil etadi.

Şuningdek, uşbu mahallalar aholisini yoqilği mahsulotlari bilan taʼminlaş faqat kömir yetkazib beriş bilan çeklanmaydi. Xususan, xonadonlarga yilning 12 oyi davomida suyultirilgan gaz yetkazib beriş ham yölga qöyilgan.

Amalga oşirilayotgan bu kabi işlardan közlangan maqsad — anklav hududida istiqomat qiluvçi aholining kundalik ehtiyojlarini taʼminlaş, kuz-qiş mavsumini osoyişta va qulay ötkazişi uçun zarur şaroit yaratişdan iborat.
A.Musayev,ÖzA