Qish fasli – ish fasli
Jizzax viloyatidagi “BMB Agro Trade” meva-sabzavot klasteri jamoasi qish fasli – ish fasli, degan naqlga amal qilib, yer maydonlarini erta bahorgi ekin mavsumiga tayyorlamoqda.
Tuproqni bahor mavsumiga tayyorlash hosilni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talablarga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida yuqori sifatli mahsulotni olish bilan bir qatorda, ishlab chiqaruvchi ham yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ayni qish faslida “BMB Agro Trade” meva-sabzavot klasteri mutaxassislari dalalarni texnika yordamida yumshatish, o‘g‘it chiqarish, ichki ariqlarni tozalash, yaxob suvi berish va boshqa bir qator agrotexnik tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirmoqda.

Ma’lumot uchun, “BMB Agro Trade” korxonasi 2023 yilda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan 16 turdagi meva-sabzavot, shu jumladan, poliz mahsulotlari va dukkakli ekinlar ekishni ham rejalashtirmoqda.
Qishda yerga qilingan qarovning samarasi hosil xirmonida ko‘rinadi.
A.Qayumov, O‘zA