Qish dasturxoni to‘kin bo‘ladi
Samarqand shahrida qish va bahor mavsumi uchun 16 ming 600 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish rejalashtirilgan. Ayni paytgacha omborxonalarda g‘amlangan zaxira 10 ming tonnadan ortdi.
Samarqand shahrida qish va bahor mavsumi uchun 16 ming 600 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish rejalashtirilgan. Ayni paytgacha omborxonalarda g‘amlangan zaxira 10 ming tonnadan ortdi.–Mahsulotlarni jamg‘arish, ularni to‘g‘ri va sifatli saqlash kelgusi yil hosiliga qadar dasturxonimiz to‘kinligini ta’minlashga xizmat qiladi, – deydi “Shirin Omad Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Aslam Bakiyev. – Korxonamizga keltirilayotgan meva-sabzavot, poliz mahsulotlari turiga qarab alohida omborxonalarda, havo harorati va yorug‘lik taqsimoti qat’iy nazoratga olingan sharoitda saqlanadi. Bunda bizga zamonaviy tejamkor sovutgichlar va mahsulotni saqlaydigan maxsus idishlar qo‘l kelmoqda. 1 ming 800 tonna sig‘imga ega omborxonamizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish davom etmoqda.