Qibrayda «Ayollar daftari» yangidan shakllantiriladi
Qibray tuman hokimligida «Ayollar daftari»ni shakllantirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va viloyat kasaba uyushmasi vakillari boshchiligida o‘tgan seminar davomida belgilab olindi.
Tuman hokimligi, Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi, Xalq banki Qibray tuman filiali, tibbiyot birlashmasi, "Tadbirkor ayol" uyushmasi mutasaddilari va mahalla raislarining oila,xotin qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda, «Ayollar daftari«ning 2-bosqichini shakllantirishda barcha mas’ullar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan birlamchi vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ma’lumot uchun, 1-bosqichda «Ayollar daftari»ga kiritilgan tumandagi 1 ming 602 nafar xotin-qizlarga tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘zA
(Shuhrat Ne’matov)