Qatar AQSHning Eronga qarshi bir tomonlama sanksiyasini qo‘llab-quvvatlamadi
Qatarning AQSH tomonidan Eron iqtisodiyotiga nisbatan joriy etilayotgan cheklov jarayonida ishtirok etish niyati yo‘q.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakili Majid Al-Ansoriy ta’kidlashicha, Doha BMT darajasida tasdiqlanmagan, balki faqat bir tomonlama kiritilgan sanksiya bo‘yicha hech qanday ijobiy qaror qabul qilmagan. Qatarning asosiy maqsadi tomonlarni muzokara davrasiga qaytarish va inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishdan iborat.
Majid Al-Ansoriy mamlakat faqat xalqaro miqyosda ma’qullangan cheklovga qo‘shilishi, Vashingtonning hatti-harakati Dohaga bevosita ta’sir qilmasligini bildirib, Qatar ushbu nizoga to‘liq xolis yondashishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq AQSH ma’muriyati, xususan Prezident Donald Tramp ittifoqchilarni Tehronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirish va Eron bilan savdoni davom ettirayotgan davlatlarga qarshi chora ko‘rish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirgan edi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA