Qaşqadaryodagi Çim mahallasining tajribasini örganişdi
Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, aholi bandligini taʼminlaş va daromadlarini oşiriş borasidagi tajriba sirdaryolik rahbarlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni Çim mahallasiga taşrif buyurib, hududni kompleks rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan işlar bilan tanişgan edi.

Davlat rahbari taşrifi davomida eʼtibor qaratilgan mazkur tajribani örganiş va Sirdaryo viloyatida tatbiq etiş maqsadida viloyat hamda tuman rahbarlaridan iborat delegatsiya Çim mahallasiga taşrif buyurdi.

Prezidentning 2025-yil 8-oktabrdagi “Alohida tuman (şahar) va mahallalarni aholining yaşaşi va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun namunali hududga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi qarori asosida amalga oşirilayotgan «Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla» dasturi doirasida Çimda 55 milliard sömlik bunyodkorlik işlari bajarilgan. Jumladan, 240 örinli maktabgaça taʼlim taşkiloti, 640 örinli maktab, mahalla va yoşlar markazlari, istirohat boği barpo etilgan. Şuningdek, 4,5 kilometr yöl qurilib, elektr taʼminoti va suğoriş tarmoqlari yaxşilangan.

Aholi daromadlarini oşiriş maqsadida gilamçilik va kaştaçilik korxonasi, xonadonlarda issiqxonalar taşkil etilgan, 200 tonna siğimga ega sovuqxona qurilgan. Limonçilik kooperatsiyasi orqali mahsulot yetiştirişdan tortib, uni kafolatlangan narxlarda xarid qilişgaça bölgan yaxlit tizim yölga qöyilgan.

Natijada 70 nafar tadbirkor öz faoliyatini kengaytirgan, 20 ta yangi tadbirkorlik subʼekti taşkil etilgan. Yöl böyidagi xizmat körsatiş obʼektlari soni 31 tadan 137 taga yetkazilib, 200 dan ortiq yangi iş örni yaratilgan.

Çim tajribasi sirdaryolik rahbarlar uçun nafaqat örganiş, balki öz hududlarida yangi taşabbuslarni amalga oşirişga ham turtki böldi. Jumladan, Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajonov uşbu tajribani Baxmalsoy mahallasida tatbiq etiş böyiça rejalari bilan örtoqlaşdi.

— Çim mahallasi misolida Yangi Özbekistonning yangiça qiyofasi va bunyodkorlik ruhini kördik. Bu yerdagi hamjihatlik va amaliy işlar bizda katta taassurot qoldirdi. Endi uşbu tajriba asosida Sayxunobod tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan murakkab mahallalardan biri bölgan Baxmalsoyni ham namunaviy hududga aylantirişni maqsad qilganman, — deydi Komiljon Mullajonov.

Tuman hokimining taʼkidlaşiça, Baxmalsoyni namunaviy hududga aylantiriş böyiça aniq rejalar belgilangan. Xususan, yangi mahalla binosi, xizmat körsatiş şoxobçasi, hammom va sport majmuasi barpo etiş, sobiq madaniyat saroyini bolalar va yoşlar uçun zamonaviy maskan sifatida qayta tiklaş közda tutilgan.

Şuningdek, «Politex Sirdaryo» MÇJ tomonidan töqimaçilik korxonasi taşkil etilib, uni 2027-yil 1-yanvarga qadar işga tuşiriş rejalaştirilgan. Bu ayniqsa, xotin-qizlar va işsiz aholi bandligini taʼminlaşga xizmat qiladi. A-373 xalqaro avtomobil yöli böyida xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş, mahallaning kiriş va çiqiş qismlarida uzum sörilari barpo etiş, maktabni rekonstruksiya qiliş, köçalarni taʼmirlaş, ularni yoritiş hamda videokuzatuv kameralari bilan jihozlaş ham rejalardan örin olgan.

— Bundan taşqari, xitoylik investor bilan 1,5 million boş parrandaga möljallangan parrandaçilik majmuasini taşkil etiş böyiça muzokaralar olib boryapmiz. Loyiha amalga oşsa, xonadonlarda broyler parranda va tuxum yetiştirişni kooperatsiya asosida yölga qöyiş imkoniyati paydo böladi. Asosiy maqsadim — 2027-yilning birinçi yarmiga qadar Baxmalsoyda işsizlik va kambağallikni bartaraf etib, uni nafaqat viloyatimizda, balki respublikada ham namuna böladigan mahallaga aylantiriş, — deydi Komiljon Mullajonov.

Çim tajribasi mahalla taraqqiyoti faqat yangi binolar quriş va köçalarni obodonlaştiriş bilan emas, balki aholi bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytiriş va xonadonlar daromadini oşiriş bilan ham belgilanişini körsatmoqda. Baxmalsoyda belgilangan rejalarning hayotga tatbiq etilişi esa mazkur yondaşuvning Sirdaryodagi amaliy ifodasi bölişi kutilmoqda.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri