Qashqadaryo viloyatiga Prezident sovg‘alari yetkazib berildi
Mamlakatimizda bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan izchil ishlar davom etmoqda. Yangi yil bayrami arafasida ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlik Prezident sovg‘alari orqali yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.
Bugun erta tongda Qashqadaryo viloyatiga 1 099 dona Prezident sovg‘alari yetkazib berildi. Sovg‘alar to‘plami 24 turdagi o‘quv qurollari hamda 34 xil shirinlik mahsulotlaridan iborat.
[gallery-26871]
Ma’lum qilinishicha, ushbu sovg‘alar “Muruvvat” va kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, oilaviy bolalar uylarida voyaga yetayotgan bolalar, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylik, homiylik va patronat asosida tarbiyalanayotgan bolalarga topshiriladi. Shu bilan birga, yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari ham Prezident sovg‘alarini qabul qilib oladi.
Qayd etilishicha, Prezident sovg‘alari va “Prezident archasi” tadbirlari bolalar uchun bayramona kayfiyat yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va e’tibor bilan qamrab olishga xizmat qilmoqda.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari