Qarzdorning “Malibu”si xatlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining joriy yil 23 martdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.G. dan ATB “Qishloqqurilishbank” Gala Osiyo filialiga 280,6 million so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risida ijro hujjati Byuroning Buxoro tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
–Mazkur ijro hujjati ijrosi yuzasidan qarzdor qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda to‘lab berishi haqida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, qarzdorlikni to‘lamasdan kelgan, – deydi Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektori Jahongir Boboqulov. –Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning nomida “Malibu” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlandi. Avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Qidiruv tadbirlari natijasida “Malibu” avtomashinasi topilib, xatlandi va jarima maydonchasiga joylashtirildi. Hozirda avtoulov baholandi. “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA