Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishi qanday hollarda cheklanadi?
Huquqiy munosabat
Qonunchiligimizga ko‘ra, agar sud hujjati yoki ijro hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarilmasa, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdorning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin.
Bu borada Toshkent davlat yuridik instituti Yuridik klinikasi xodimi Aygerim Aripbayeva quyidagilarni ma’lum qildi:
–Bu qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli organlarga, jumladan, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari kabi tashkilotlarga yuboriladi.
Qarzdor majburiyatlarini bajarganidan so‘ng yoki ijro ishi tugatilganda, cheklov darhol olib tashlanadi va bu haqda barcha manfaatdor organlar xabardor qilinadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA