Qariyib 87 mingta chiptaning pullari qaytarildi
Maʼlumki, mamlakatimizga koronavirus COVID-19 infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida 2020-yil 16-martdan xalqaro yoʻnalishlarga hamda 24-martdan boshlab esa mahalliy yoʻnalishlarga harakatlanadigan barcha yoʻlovchi poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilingan.

Avval xabar berganimizdek, xarid qilingan lekin amalda foydalanilmay qolgan temir yoʻl chiptalari uchun yoʻlovchilarga belgilangan tartibda va toʻliq hajmda chipta pullari foizlari ushlanmagan holda qaytarilmoqda.
60 kun oldindan xalqaro va mahalliy yoʻnalishlarga chipta xarid qilgan yoʻlovchilar dastlab biroz xavotirlanib, turli xil savollar bilan murojaat qilishgan edi. Soha mutasaddilari tomonidan amalga oshirilgan saʼi-harakatlar tufayli yoʻlovchilarning chiptalarini topshirish bilan bogʻliq masalalari joyida, hech qanday muammosiz hal qilib berilmoqda.
2020-yil 14-martidan 27-mart sanasigacha yoʻlovchilardan 13114 ta xalqaro yoʻnalishlarga va 73807 ta mahalliy yoʻnalishlarga harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdlarga olingan chiptalar barcha temir yoʻl kassalarida hamda elektron tarzda qaytarib olindi. Bugungi kungacha jami 15 milliard soʻmdan ortiq chipta pullari oʻz egalariga qaytarildi. Bu jarayon ayni kunda ham oʻrnatilgan tartibda davom etmoqda.
Shuningdek, xalqaro va mahalliy yoʻnalishlarga yoʻlovchi poyezdlar harakati toʻxtatilgan kundan boshlab, temir yoʻl vokzallari binolari, temir yoʻl kassalari, yoʻlovchi poyezdlarini texnik va texnologik tayyorlash filiali VChD-2 hududida barcha yoʻlovchi vagonlari dizinfeksiya qilindi.
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ