Qadimiy qudrat va şiddatli islohotlar uyğunligida yuksalayotgan Buxoro
Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Buxoro viloyatiga taşrif buyurdi. Davlatimiz rahbari tarixiy merosni asraş va turizm infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi işlar, şuningdek, sanoat va qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişdi.
Taşrif Kogon tumanida joylaşgan Bahouddin Naqşband maqbarasi ziyoratidan boşlandi. Bu yerda Qurʼon tilovat qilinib, xalqimizga tinçlik va farovonlik tilab, duo qilindi.
Xoja Muhammad Bahouddin Naqşband XIV asrda yaşab ötgan buyuk alloma, tasavvufdagi naqşbandiya tariqatining asosçisidir. Uning maqbarasi atrofida asrlar davomida şakllangan meʼmoriy majmua bugun ham islom olamidagi eʼzozli ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.

Har kuni örtaça 15 mingga yaqin kişi ziyorat qilayotgan Bahouddin Naqşband meʼmoriy majmuasi “Ipak yöli: Zarafşon – Qoraqum koridori” tarkibida YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.
Sönggi yillarda majmuaning tarixiy qiyofasini asraş va ziyoratçilarga qulaylik yaratiş böyiça işlar olib borildi. XV asr çizmalari asosida “Doniyolbiy otaliq” madrasasi va “Toqi miyona” darvozasi taʼmirlandi, muzey ekspozitsiyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etildi.
Prezidentimiz Buxoro asrlar davomida maʼrifatli islom taraqqiyotida muhim örin tutib kelganini taʼkidladi. Bu boy maʼnaviy merosni çuqur örganiş va undan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş, ularni ilm-maʼrifatga undaş zarurligini qayd etdi.
– Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy bobolarimiz nomi bilan boğliq majmualar – bularning barçasi bir maqsadga xizmat qiladi: buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini davom ettiriş va yoşlarimizni şu ruhda tarbiyalaş, – dedi davlatimiz rahbari.
Şundan söng Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Kongress-xoll majmuasi va zamonaviy mehmonxonalar qurilişini közdan keçirdi.

Keyingi yillarda Özbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni izçil ösmoqda. 2025-yilda bu körsatkiç 2016-yilga nisbatan qariyb olti barobar, turizm xizmatlari eksporti esa ön bir karra oşdi. Şu bilan birga, mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlar ötkaziş uçun zamonaviy infratuzilmaga talab ortib bormoqda.
Majmua şaharning ana şunday tadbirlarga mezbonlik qiliş imkoniyatini kengaytiradi. Kongress-xoll forumlar, oliy darajadagi uçraşuvlar va boşqa yirik anjumanlarni ötkazişga xizmat qiladi.
Qiymati 60 million dollar bölgan loyiha doirasida 14,5 ming kvadrat metr maydonli bino qurilmoqda. Hozirda asosiy betonlaştiriş işlari yakunlanib, taşqi muhandislik tarmoqlarini tortiş, fasad va tom qismlarini barpo etiş davom etmoqda.
Şu hududda 37 million dollarlik “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi ham qad rostlamoqda. Yetti qavatli, 212 xonali mehmonxonada yer osti avtoturargohi közda tutilgan. Binoning asosiy konstruksiyalari qurib bitkazilgan, hozir içki devorlar, muhandislik tarmoqlari va fasad işlari olib borilmoqda.
Yana bir loyiha – 39,6 million dollarlik “Holiday Inn” mehmonxonasi. Bu inşoot ham yetti qavatli, 212 xonali böladi, yonida ikki qavatli biznes markazi ham barpo etilmoqda. Mehmonxonada tom montaji va içki devorlar qurilişi, biznes markazi yertölasida esa betonlaştirişning yakuniy bosqiçi ketmoqda.
Davlatimiz rahbari obʼektlardagi işlar bilan tanişib, ular Buxoroda xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada ötkaziş, turizm xizmatlari kölamini kengaytiriş uçun muhimligini, bu esa aholi daromadlarini oşiriş va hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirişga xizmat qilişini taʼkidladi.
Quriliş işlarini belgilangan muddatda, sifat talablariga qatʼiy rioya etgan holda yakunlaş böyiça topşiriqlar berildi.
Keyin Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Qöşmadrasa ansambliga taşrif buyurdi.

Abdullaxon madrasasi XVI asr özbek meʼmorçiligining nodir namunalaridan biri, 1588-1590-yillarda Buxoro xonligining Şayboniylar sulolasidan çiqqan hukmdori, buyuk sarkarda va davlat arboblaridan biri Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.
Madrasa rejasi va içki tuzilişi murakkab muhandislik yeçimi bilan anʼanaviy Buxoro madrasalaridan farq qiladi. Majmuaning boş kiriş qismi janubga qaragan bölib, u kök rangli koşin va sirli naqşlardan terilgan geometrik mozaika bilan bezatilgan.
XVI asrda madrasa Movarounnahrning eng yirik va nufuzli oliy taʼlim va ilm-fan markazlaridan biri bölgan. Bu yerda ilmi toliblarga diniy va dunyoviy fanlardan dars berilgan. Xususan, madrasada Qurʼon, tafsir, hadis, fiqh, aqoid bilan bir qatorda arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya, tibbiyot fanlari çuqur öqitilgan.
Ansamblning janubiy qismida 1566-1567-yillarda Abdullaxon II tomonidan öz onasi şarafiga bunyod etilgan Modarixon madrasasi joylaşgan. Madrasalar bir-biriga qarama-qarşi, bir öq çiziğida qurilgan.
Qöşmadrasa ansambli 2023-2024-yillarda qiymati 6 milliard sömlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Bugungi kunda mazkur ansamblga 1 million sayyoh taşrif buyurmoqda.
Davlatimiz rahbariga Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş rejasi taqdimot qilindi.
Prezidentimiz sayyohlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan körsatmalar berdi.
Söng davlatimiz rahbari Buxoro şahrida qurilayotgan yangi turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdi.

Qadimiy Buxoroning tarixiy obidalari, hunarmandçilik va gastronomiya anʼanalari sayyohlar uçun katta qiziqiş uyğotadi. Yangi markazda bu boy merosni zamonaviy xizmatlar bilan uyğunlaştiriş, şaharda yirik xalqaro madaniy va işbilarmonlik tadbirlarini ötkaziş uçun şaroit yaratiş közda tutilgan.
Prezidentimiz joriy yil yanvar oyida Buxoro şahrining boş rejasi muhokamasida madaniyat loyihalarini turizmni rivojlantiriş bilan boğliq holda amalga oşiriş, ularning iqtisodiy barqarorligi va sifatli boşqaruvini taʼminlaş zarurligini taʼkidlagan edi. Mazkur markaz ham mehmonlar uçun turli xizmatlarni bir hududda jamlaşga qaratilgan.
Majmua 50 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 million dollar investitsiya yönaltirilişi rejalaştirilgan.
Loyihaga köra, hududda qabullar uyi, körgazmalar zali, muzey, ikkita zamonaviy mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming örinli amfiteatr, 70 dan ortiq savdo va xizmat körsatiş şoxobçasi barpo etiladi. Şuningdek, sayilgohlar, hunarmandçilik markazlari va sunʼiy köl taşkil etiladi. Inşootlar qiyofasida Buxoro meʼmorçiligiga xos anʼanalarni zamonaviy yeçimlar bilan uyğunlaştiriş nazarda tutilgan.
Hozir markazning 10 gektar maydonida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini quriş işlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonga 50 ga yaqin maxsus texnika jalb qilingan.
Majmua töliq işga tuşgaç, 2 mingta iş örni yaratilişi, Buxoroga qöşimça 2 milliondan ortiq sayyoh jalb etilişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, mahalliy byudjetga yillik tuşum 288 milliard sömni taşkil etişi mumkin.
Prezidentimiz loyihaning ahamiyati bunyod etilayotgan binolar bilangina ölçanmasligi, asrlar davomida ilm-maʼrifat, savdo va hunarmandçilik markazi bölib kelgan Buxoroning şuhratiga munosib muhit yaratiş, uning boy merosini dunyoga yanada keng tanitiş muhimligini qayd etdi. Yangi markazga kelgan mehmon şarif şaharning tarixiy ruhini his etişi, bugungi taraqqiyotini körişi, buxoroliklar esa turizm rivojidan iş örni va daromad körişi lozim. Prezidentimiz loyihani ana şu maqsadlardan kelib çiqib amalga oşiriş vazifasini qöydi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi çoğida Vetnamning “ROX Group” kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.
Kompaniya vakillari Buxoroda ikkita, Toşkent şahrining Uçtepa tumani va Samarqandda bittadan – jami törtta şaharsozlik loyihasi haqida axborot berdi. Ularning umumiy maydoni 285 gektarni, investitsiya hajmi 4,5 milliard dollarni taşkil etadi. Loyihalar 115 ming nafar aholi uçun möljallangan.
Buxoro tumanida 65 gektar, Buxoro şahrida esa 25 gektar maydonda yangi turar joy massivlari qurilişi boşlandi. Ularda 30 ming nafar aholiga möljallangan köp qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, savdo, xizmat körsatiş va köngiloçar obʼektlar barpo etiş közda tutilgan.

Uçtepa tumanidagi loyiha zamonaviy şahar muhitini yaratişga, Samarqanddagi taşabbus esa mavjud sayyohlik majmuasi atrofidagi infratuzilmani kengaytirişga qaratilgan. Vetnamlik investor Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat zonasi taşkil etiş taşabbusini ham ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari taqdim etilgan konsepsiyalarni maʼqullab, loyihalarda ilğor şaharsozlik yeçimlarini qöllaş zarurligini körsatib ötdi. Mutasaddilarga loyihalar uçun zarur infratuzilma va amalga oşiriş mexanizmlarini kompaniya bilan birgalikda puxta işlab çiqiş yuzasidan körsatmalar berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida yangi obʼektlarni işga tuşiriş va istiqbolli loyihalar qurilişiga start beriş marosimida iştirok etdi.
Buxoro asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va hunarmandçilik markazi bölib kelgan. Bugun ajdodlarimizdan meros bunyodkorlik anʼanalari zamonaviy işlab çiqariş, tadbirkorlik va turizm rivojida davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari sönggi töqqiz yilda viloyatga 9,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilinib, 6 mingdan ortiq yangi işlab çiqariş quvvati va 120 mingta doimiy iş örni yaratilganini qayd etdi. Bu natijalar odamlarning bandligi va daromadi oşişi, mahalliy korxonalarning yangi bozorlarga çiqişida öz ifodasini topmoqda.
– Bugungi Buxoro buyuk tarixdan yangi taraqqiyot va muhtaşam loyihalar davriga şiddat bilan yuzlanmoqda, – dedi Prezidentimiz.
Neft-kimyo, töqimaçilik, quriliş materiallari, maşinasozlik, energetika, toğ-kon sanoati, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar, logistika, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, uy-joy qurilişi, infratuzilma, xizmat körsatiş va turizm sohalarida umumiy qiymati 7,8 milliard dollar bölgan 145 ta loyihadan iborat dastur şakllantirilgan. Şundan 654 million dollarlik 55 ta loyiha işga tuşirilmoqda, qiymati 7,1 milliard dollar bölgan yana 90 tasining qurilişi boşlanmoqda.

Loyihalarda AQŞ, Kanada, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Xitoy, Vetnam, Turkiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Hindiston investorlari, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki hamda mahalliy tadbirkorlar iştirok etmoqda.
Ularning amalga oşirilişi natijasida 14 mingdan ortiq iş örni yaratilişi, yiliga 22 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilişi va 510 million dollarlik eksport imkoniyati paydo bölişi kutilmoqda.
– Maqsadimiz bitta – import örnini bosadigan va taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqariş, – dedi davlatimiz rahbari.
Viloyatda energetika sohasida ham yirik quvvatlar barpo etilmoqda. Sönggi yillarda “yaşil” energetikaga 2 milliard dollar jalb qilinib, 1 ming megavatt şamol va 750 megavatt quyoş elektr stansiyalari, şuningdek, 63 megavattli energiya saqlaş tizimlari işga tuşirildi. 601 kilometr magistral elektr tarmoği tortildi.
Ğijduvonda “ACWA” kompaniyasi bilan 300 megavattli “Boş-2” şamol elektr stansiyasi, Jondorda “Toyota Corporation” va Peşkuda “Sinoma” kompaniyalari iştirokida umumiy quvvati 1 ming megavatt bölgan şamol elektr stansiyalarining qurilişi davom etmoqda. Xitoylik hamkorlar bilan Kogon tumanida maişiy çiqindilardan elektr energiyasi olişga qaratilgan 165 million dollarlik loyihani amalga oşiriş, Germaniyaning “Leman” kompaniyasi bilan esa “Amu-Buxoro” kanali nasos stansiyalarining barqaror işlaşini taʼminlaş böyiça 150 million dollarlik loyihani yölga qöyiş rejalaştirilgan.
Viloyatning paxtaçilikdagi tajribasiga tayangan holda zamonaviy töqimaçilik klasterlari rivojlantirilmoqda. Buxoro şahrida “Kurt Baver” brendi ostida yiliga 62 ming tonna mahsulot işlab çiqaradigan töqimaçilik kompleksi barpo etiladi. Romitanda xitoylik investorlar iştirokida qiymati 400 million dollar bölgan paxta-töqimaçilik klasteri taşkil etilmoqda. Uşbu loyihalar doirasida 9 ming gektar yerni özlaştiriş taşabbusi ham ilgari surilgan. Natijada yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar uluşini 65 foizga yetkaziş va qöşimça 100 million dollarlik eksport imkoniyatini yaratiş közda tutilgan.
Turizm Buxoro taraqqiyotining yana bir muhim yönalişidir.
– Qadimiy obidalar, madaniy meros va zamonaviy infratuzilma uyğunligi Buxoroni sayyohlarning sevimli maskaniga aylantiryapti. Bugungi tadbirimiz ötayotgan, yangidan barpo etilayotgan Buxoro turizm markazi ana şu ezgu maqsadga xizmat qiladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Markazda “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki, körgazmalar zali, zamonaviy mehmonxonalar, madaniy va köngiloçar maskanlar barpo etiladi. Şuningdek, Buxoro şahrida “Indigo”, “Holiday Inn” va “Hilton” xalqaro brendlari ostida mehmonxonalarni quriş rejalaştirilgan.
– Umuman, Buxoroda qiymati 3 milliard dollarlik 19 ta yirik loyihani boşlaymiz. Agar bu işlarni tizimli taşkil qilsak, birgina Buxoroning özida bemalol 5 milliard dollarlik turizm xizmatlari eksportini taʼminlaymiz, – dedi Prezidentimiz.
Kelgusi beş yilda Buxoro viloyati aholisini töliq içimlik suvi bilan, yirik şaharlar va tuman markazlarini esa kanalizatsiya tarmoği bilan taʼminlaş maqsad qilingan. Xalqaro hamkorlar bilan umumiy qiymati 633 million dollar bölgan ikkita yirik loyiha boşlangan. Ularning hisobiga 2 million nafar aholining suv taʼminoti yaxşilanadi, 781 ming nafar aholi ilk bor içimlik suviga ega böladi.
Şuningdek, viloyatning tranzit salohiyatini uç karra oşirişga qaratilgan, qiymati 565 million dollar bölgan yettita yöl loyihasi amalga oşiriladi.
Prezidentimiz ramziy tugmani bosib, yangi obʼektlarni işga tuşirdi va istiqbolli loyihalar qurilişiga start berdi. Xorijlik investorlar bilan muloqot bölib ötdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Davlatimiz rahbari bölajak tadbirlar Buxoroning boy tarixiy merosi va bugungi salohiyatini namoyon etiş bilan birga, viloyatni rivojlantirişga xizmat qilişi kerakligini taʼkidladi. Buning uçun tayyorgarlikni tadbirlar ötadigan joylar bilan çeklamay, transport, xizmat körsatiş, xavfsizlik va şahar infratuzilmasini yaxlit holda rivojlantiriş zarur.
Yiğilişda oliy darajadagi uçraşuvlar va yirik xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada taşkil etiş masalalari körib çiqildi. Har bir vazirlik va idoraga xorijiy hamkorlar bilan öz yönalişi böyiça mazmunli muloqotga tayyorgarlik köriş, mamlakatimizdagi islohotlarning amaliy natijalarini körsatiş va yangi qöşma taşabbuslar işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Jamoat xavfsizligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Buxoroda zamonaviy vaziyat markazlari faoliyatini yölga qöyiş, jamoat joylari va sayyohlik obʼektlaridagi holatni raqamli texnologiyalar yordamida kuzatiş, yöl harakatini boşqariş hamda kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça rejalar muhokama qilindi. Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olişda profilaktika inspektorlari va “mahalla yettiligi” hamkorligini kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.
Prezidentimiz Buxoroga kelgan mehmon avvalo aeroport, vokzal va yöllar holatiga eʼtibor qaratişini taʼkidladi. Şu bois qiymati 300 million dollar bölgan yangi xalqaro aeroport qurilişi, uni şahar bilan boğlovçi 23,5 kilometrlik yölni barpo etiş va yöl böylarini kökalamzorlaştiriş işlari körib çiqildi. Temir yöl vokzallari atrofini obodonlaştiriş, avtoturargohlar, yoritiş, servis va jamoat transporti qatnovini yaxşilaş böyiça topşiriqlar berildi. Şahar va tumanlarni vokzallar bilan boğlaş uçun qöşimça 120 ta avtobus jalb etiş belgilandi.
Buxoroning iqlim şaroitini hisobga olgan holda yaşil hududlarni kengaytiriş, daraxt va butalar ekiş bilan birga, ularning parvarişi uçun suğoriş hamda drenaj tizimlarini taşkil etiş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Xalqaro tadbirlardan investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun foydalaniş zarurligi taʼkidlandi. Sanoat kooperatsiyasi, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş, transport-logistika va eksport sohalarida xorijiy şeriklar bilan amaliy kelişuvlarga erişiş böyiça takliflar körib çiqildi. Şuningdek, viloyatda qayta tiklanuvçi energetika loyihalari, elektr energiyasini uzatiş va saqlaş infratuzilmasini rivojlantiriş işlari muhokama qilindi.
Buxoroning tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik imkoniyatlarini kengroq namoyon etiş bilan birga, mehmonlarni hududdagi zamonaviy korxonalar, qişloq xöjaligi, hunarmandçilik va xizmat körsatiş sohalaridagi işlar bilan bevosita taniştiriş muhimligi qayd etildi. Aholi bandligini taʼminlaş, daromadlarni oşiriş, soğliqni saqlaş va madaniyat sohalaridagi özgarişlarni ham amalda körsatiş vazifasi qöyildi.
Davlatimiz rahbari tayyorgarlik jarayonida quriladigan har bir obʼekt va joriy etiladigan har bir tizim tadbirlardan keyin ham buxoroliklarga xizmat qilişi lozimligini taʼkidladi. Mutasaddilarga hududlarga çiqib, işlarning borişini şaxsan örganiş, muammolarni joyida hal etiş va barça vazifalar ijrosini qatʼiy muvofiqlaştiriş böyiça körsatmalar berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Tekhnochem” korxonasida bölib, neft-kimyo klasterining faoliyati va istiqbolli rejalari bilan tanişdi.
Tabiiy resurslarni çuqur qayta işlab, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş mamlakatimiz sanoat siyosatining muhim yönalişlaridan biridir. Buxoro tumanidagi klaster neft va gaz kondensati, nafta, metanol hamda piroliz distillyatini qayta işlaşga ixtisoslaşgan. Uşbu yönalişdagi majmua respublikada yagona hisoblanadi.
Korxona 69 gektar maydonni egallagan. Bu yerda 500 nafarga yaqin kişi mehnat qilmoqda. Majmuada yiliga 100 ming tonna piroliz distillyati, şuningdek, 160 ming tonna nafta va gaz kondensatini qayta işlaş quvvati mavjud. Bu yoqilği bilan bir qatorda kimyo sanoati uçun zarur mahsulotlar oliş imkonini beradi. Jumladan, oktanbuster benzin sifatini oşirişda, eritgiçlar esa böyoq, lak, yelim va maişiy kimyo mahsulotlari işlab çiqarişda qöllanadi.
Prezidentimizga klasterni kengaytirişning navbatdagi bosqiçi töğrisida axborot berildi.
2028-yil yakuniga qadar 292 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. U gaz kondensati va naftani qayta işlaş, aromatik uglevodorodlar hamda eritgiçlar işlab çiqarişni yölga qöyişni nazarda tutadi. Natijada yillik qayta işlaş quvvati qöşimça 400 ming tonnaga oşişi va 700 ta yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda.
Yangi quvvatlar işga tuşişi bilan texnologlar, muhandislar, kimyogarlar va laboratoriya mutaxassislariga ehtiyoj ham ortadi. Davlatimiz rahbari şu munosabat bilan hududda kasbiy taʼlim va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş zarurligiga eʼtibor qaratdi.
Korxona Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afğoniston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yiliga 180 ming tonnaga yaqin neft-kimyo mahsulotlari, avtobenzin va dizel yoqilğisini eksport qilişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, 2028-2030-yillarda 150 ming tonna suyultirilgan gazni qayta işlaş loyihasi yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Prezidentimiz klasterning eksport salohiyatini oşiriş va yangi quvvatlar uçun malakali kadrlar tayyorlaş böyiça tavsiyalar berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qorovulbozor tumanidagi Buxoro neftni qayta işlaş zavodiga taşrif buyurib, korxonani modernizatsiya qiliş loyihasi bilan tanişdi.
Zavod mamlakatimizda yonilği mahsulotlari işlab çiqaruvçi yirik korxonalardan biri. Bu yerda 3 ming 200 nafardan ziyod mutaxassis mehnat qilmoqda. Joriy yilning töqqiz oyida 1,36 million tonna, qiymati 12,1 trillion söm bölgan neft mahsulotlari işlab çiqarildi. Mahsulot hamda xizmatlar eksporti 99,5 million dollarni taşkil etdi. Yil yakunigaça bu körsatkiçni 116 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Davlatimiz rahbariga taqdim etilgan modernizatsiya loyihasi xomaşyoni qayta işlaş hajmini oşiriş bilan birga yuqori oktanli benzin işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan. Loyihaning umumiy qiymati 328 million dollarni taşkil etadi.
Uning doirasida naftani gidrotozalaş va izomerizatsiya qiliş qurilmalari örnatiladi. Gidrotozalaş jarayonida xomaşyo tarkibidagi oltingugurt va boşqa aralaşmalar kamaytiriladi. Izomerizatsiya esa yengil fraksiyalardan olinadigan benzinning oktan sonini oşiriş imkonini beradi. Mazkur jarayonlar Yevro-5 talablariga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli benzin işlab çiqarişni köpaytiriş uçun muhimdir.
Loyihada xomaşyoni fraksiyalarga ajratiş va oğir qoldiqlarni çuqur qayta işlaşni takomillaştiriş ham nazarda tutilgan. Natijada zavodning yillik qayta işlaş quvvatiga yana 2,5 million tonna qöşilib, umumiy quvvat 5 million tonnaga yetadi. Qayta işlaş hajmi va tayyor mahsulot işlab çiqarişning ortişi içki bozor taʼminotini mustahkamlaş, eksportni köpaytiriş imkonini yaratadi.
Prezidentimiz modernizatsiya işlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan bajariş, yangi qurilmalarni mavjud işlab çiqariş jarayonlariga uyğun holda joriy etiş hamda korxonaning barqaror faoliyatini taʼminlaş yuzasidan körsatmalar berdi hamda loyihada iştirok etayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muloqot qildi.
Ziyodulla JONIBEKOV,
Abdulaziz RUSTAMOV,
Zarifjon KOMILOV,
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA maxsus muxbirlari