Putin Pasxa munosabati bilan vaqtinchalik tinchlik e’lon qildi (+video)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan Ukraina bilan vaqtinchalik tinchlik e’lon qildi, deb xabar qildi DW nashri.
Bu tinchlik 11-aprel kuni Moskva va Kiyev vaqti bilan soat 16:00 dan boshlanib, 12-aprel oxirigacha davom etadi.
Bu haqda 9-aprel kuni Kreml saytida xabar berildi. Xabarda aytilishicha, jang harakatlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha mudofaa vaziri Andrey Belousov va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovga ko‘rsatma berilgan.
30-mart kuni Vladimir Zelenskiy ommaviy ravishda Rossiya bilan Pasxa paytida energetik sohada tinchlik masalasini muhokama qilishga tayyorligini bildirgan edi.
O‘shanda Kreml matbuot kotibi Peskov Rossiya tomoni Ukraina rahbarining so‘zlarida aniq shakllantirilgan tashabbusni ko‘rmaganini aytgan edi.
2025-yilda ham Rossiya –Ukraina o‘rtasida Pasxa tinchligi e’lon qilingan edi. Biroq, har ikki tomon bir-birini tinchlik rejimini buzganlikda ayblagan edi.
<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/3hAjq97w6ek" title="Putin Pasxa munosabati bilan vaqtinchalik tinchlik e’lon qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA