Putin AQSHni ogohlantirdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qoʻshma Shtatlarni Yevropada yangi raketalarni joylashtirishga qarshi ogohlantirdi. Aks holda, u oʻzining yangi qurollari bilan Gʻarb davlatlari poytaxtlarini nishonga olishi bilan tahdid qilgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qoʻshma Shtatlarni Yevropada yangi raketalarni joylashtirishga qarshi ogohlantirdi. Aks holda, u oʻzining yangi qurollari bilan Gʻarb davlatlari poytaxtlarini nishonga olishi bilan tahdid qilgan.Putinning aytishicha, AQSH qurol-yarogʻ nazorati boʻyicha 1987 yilda imzolangan Oʻrta masofali yadro qurollari toʻgʻrisidagi shartnomani buzgan.
Koʻplab tahlilchilarning aytishicha, ushbu shartnomani buzish yoki bekor qilish yangi qurollanish poygasi boshlanishiga olib kelishi mumkin.
Koʻp yillar davomida Rossiya rahbari Vashingtonni Sovuq urush davri tugagandan soʻng Yevropada yangi raketalarni joylashtirmaslik boʻyicha ogohlantirdi va Moskva buni jiddiy tahdid deya baholadi.
“Men buni aniq va ravshan aytmoqchiman, tahdid qilishi mumkin boʻlgan har qanday harakatlarga qarshi Rossiya oʻz qurollaridan foydalanishga majbur boʻladi“, dedi Putin.
“Bunday qurol-yarogʻlar, shu jumladan, ushbu qurollarni yaratish va ulardan foydalanish markazlarini tashkil qilish Rossiyaga qarshi tahdid deb baholanadi”, deya qoʻshimcha qildi Rossiya prezidenti.
Putin Moskva qanday yangi qurollarni tarqatishi mumkinligi haqida aniq maʼlumot aytib oʻtmagan, biroq u bir yil oldin taqdim etilgan qator tizimlardagi tezkor taraqqiyot haqida taʼkidlagan.
Oʻrta masofali yadro qurollari toʻgʻrisidagi shartnoma 1987 yilda AQSH Prezidenti Ronald Reygan va Sovet Ittifoqi lideri Mixail Gorbachyov tomonidan imzolangan va shartnomaga koʻra, Sovet Ittifoqi yadroviy ballistik raketalari bilan Gʻarb poytaxtlariga qarshi qaratilgan tahdidlarni tugatgan.