Prokuror o‘rinbosari jahon chempioni bo‘ldi
Kadrlar salohiyati, kasb mahorati va ishchanligini oshirib borishda sportning o‘rni katta.
Bu borada prokuratura organlari tomonidan sport mashg‘ulotlari, turli musobaqalar va shu kabi boshqa amaliy tadbirlar o‘tkazilishi doimiy yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda xodimlarning jismoniy tayyorgarligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yil 26-30 oktyabr kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida “UNIFIGHT” sport turi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Farg‘ona shahar prokurorining o‘rinbosari Jasurbek Dolimov ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
28 davlatdan 450 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionatda Jasurbek finalda ikki karra jahon chempioni ukrainalik Anton Chabanga qarshi jang olib borib, birinchi raundning o‘zida bo‘g‘ish usulida g‘alaba qozondi.
Jasurbek muqaddam o‘tkazilgan jahon chempionatlarida ikki marotaba bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
N.Abduraimova, O‘zA