Professional boks kechasi juftliklari ma’lum
Avval xabar berganimizdek, joriy yil 11 dekabrda iste’dodli bokschimiz Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi Janubiy Afrika Respublikasi vakili Dlomo Sibusiso Prinsega qarshi bo‘ladi.
Toshkentda o‘tkazilishi belgilangan mazkur boks kechasida Ergashevdan tashqari bir qator bokschilarimizning reyting janglari tashkil etiladi.
Kuni kecha O‘zbekiston professional boks federatsiyasi mazkur turnirda qatnashadigan juftliklar ro‘yxatini e’lon qildi:
63.5 kilogramm: Jahongir Rasulov (O‘zbekiston) - Aleksandr Saltikov (Rossiya), Shohjahon Ergashev (O‘zbekiston) - Dlomo Sibusiso Prinse (JAR);
55 kilogramm: Tohirjon Yuldashev (Tojikiston) - Asadbek Mamajonov (O‘zbekiston);
66.7 kilogramm: Bekzodbek Isadullayev (O‘zbekiston) - Sardor Berdiqulov (O‘zbekiston);
70 kilogramm: Shohabbos Shukurov (Rossiya) - Farruhjon Ahadov (O‘zbekiston);
66.7 kilogramm: Muhammadmuso Abdurahmonov (O‘zbekiston) - Sarvarjon Xolmirzayev (O‘zbekiston);
72 kilogramm: Shahobjon Shukurov (Rossiya) - Alisher Xabibullayev (O‘zbekiston), Husniddin Po‘latov (O‘zbekiston) - Jamshid Qo‘qonboyev (O‘zbekiston).
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bosh kotibi Bekzod Soliyevning bildirishicha, mazkur juftlik uchrashuvlari tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa-da, ba’zilarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Shuningdek, boks kechasi jarayonida ishqibozlar uchun o‘ziga xos ko‘ngilochar tadbir tashkil etiladi. Maqsad, musobaqaning qiziqarli kechishini ta’minlash.
T. Ro‘ziyev, O‘zA