Professional boks: Hasanboy Dösmatov Istanbulda jang ötkazadi
Özbekistonlik çarm qölqop ustasi Hasanboy Dösmatovning professional boksdagi navbatdagi jangi qaçon ötkazilişi eʼlon qilindi.
Ikki karra Olimpiya öyinlari ğolibi Hasanboy Dösmatov joriy yilning 4-dekabr kuni Turkiyaning Istanbul şahrida taşkil etiladigan “IBA President's Cup” musobaqasi finalida filippinlik Roderik Bautista bilan jang ötkazadi.
Ikkinçi öta yengil vazn toifasida Dösmatov-Bautista örtasida 10 raundga möljallangan mazkur qarama-qarşilik IBA.Pro çempionlik kamari uçun bölib ötadi.
Aytiş lozimki, umumiy mukofot jamğarmasi 3 million AQŞ dollaridan iborat “IBA President's Cup” musobaqasi 27-noyabrda boşlanib, 4-dekabrgaça davom etadi.
12 ta vazn toifasida ötadigan musobaqada har bir vanzda ğoliblikka erişgan boksçilar 100 ming, kumuş medal sohiblari 50 ming, bronza medal egalari 25 ming AQŞ dollari bilan taqdirlanadi.
Taşkilotçilar havaskor boksda dunyoning eng kuçlilaridan biri sanalgan Dösmatovning “IBA President's Cup” musobaqasida iştirok etişi turnir nufuziga ijobiy taʼsir körsatişini taʼkidlamoqda.
Tölqin Röziyev,
ÖzA